IKKINChI DAVRAGA TAYYoRGARLIK BOShLANDI

Yozgi taʼtilni tamomlab, jamoa ixtiyoriga qaytgan "Neftchi" klubi aʼzolari bugun kunning ikkinchi yarmida Qirgulidagi qarorgoh stadionida yigʻilib, Pro liga bahslariga tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordilar. Bugun olib borilgan mashgʻulotlar jarayonidan tayyorlangan fotosuratlarni eʼtiboringizga taqdim etamiz. Bugun jamoamiz bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Yeshichni mashgʻulotlar oldidan bosh murabbiy Ilhom Moʻminjonov futbolchilariimizga tanishtirib oʻtmoqda. Bugundan jamoamizning tayyorgarlik jarayoniga qoʻshilgan legioner futbolchi Aleksandr Yeshich mashgʻulotlarni individual tarzda olib bordi



















[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2021/07/IMG_20210711_211410_791.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2021/07/IMG_20210711_211410_867.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2021/07/IMG_20210711_211410_910.jpg]