Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Hokim kubogi «Neftchi»da (foto)

7-fevral, 2020·1 min o'qish

Fargʻona viloyati hokimi kubogi  uchun anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazib kelinayotgan futbol musobaqalari 26 yanvarda boshlanib 7 fevralda yakunlandi.

Fargʻona viloyati hokimi kubogi uchun anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazib kelinayotgan futbol musobaqalari 26 yanvarda boshlanib 7 fevralda yakunlandi. Bellashuvlarda Fargʻona, Andijon, Namangan, Navoiy viloyatlari hamda Qirgʻizistonning Oʻsh shahridan jami 20 ta jamoa ishtirok etdi. Ular 4 ta guruhga boʻlinib, qizgʻin kurash olib bordilar. Musobaqada "Neftchi"," Andijon " va "Qoʻqon-1912" jamoalari 2 ta tarkib bilan ishtirok etdilar. Guruh musobaqalarida "Neftchi" futbolchilari ahillik, matonat va mahorat namunalarini namoyish etishdi. "Neftchi-1" oʻz guruhida "Farovon"," Qoʻqon-1912-2", Andijon-2" va "Oʻsh Akademiya", " Neftchi-2" esa "Andijon-1", " Yozyovon lochinlari ", " Turon " hamda "Zafar" jamoalari bilan bellashib, chorak finalga chiqdilar. Bu yerda ikkala jamoa oʻzaro kuch sinashishga toʻgʻri keldi. Ustun kelgan "Neftchi-1" futbolchilari yarim finalda Superliga vakili "Qoʻqon-1912" jamoasi bilan boʻlgan bahsda gʻolib chiqib, finalga yoʻl oldilar. Hal qiluvchi bellashuvda esa Yaypanning "Turon" jamoasini 11-metrli penaltilar seriyasi boʻyicha 4:2 hisobida magʻlub etib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi. Yarim final va final uchrashuvlarida "Neftchi" futbolchilari joʻshqinlik va shiddat bilan kurashib, raqibdan ustun kelgan boʻlsalar, jamoa darvozaboni Sherzod Abduraimov alohida jasorat koʻrsatdi. Har ikkala bahsda ham eng xavfli penaltilarni qaytarib, turnir qahramoniga aylandi. Jamoa aʼzosi Islombek Karimov esa turnirning eng yaxshi xujumchisi deb tan olindi. Viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shuhrat Gʻaniev gʻoliblarga bosh sovrinni tantanali ravishda topshirar ekan, "Neftchi" klubiga yangi mavsumda gʻalabalar tiladi. "Neftchi" futbol klubi "Hokim Kubogi" musobaqalariga qizgʻin tayyorgarlik va uchrashuvlarni oʻtkazish davomida biz bilan yonma yon va hamkor boʻlib, hamma sohada astoydil qoʻllab-quvvatlaganliklari uchun Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi maʼmuriyati, ishchi-xizmatchilari va barcha mutaxassislariga, shuningdek, jamoamizning ashaddiy muxlislariga chin dildan minnatdorchilik izhor etadi.

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_22-01-21-1024x768.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_21-59-04-1024x768.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_21-59-51-1024x768.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_22-00-45-1024x768.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_22-00-54-1024x768.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_22-02-48-1024x718.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_22-02-19-1024x768.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_22-02-49-1024x635.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-02-07_22-03-16-1024x768.jpg]

"Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar