"HOKIM KUBOGI-2021" start beriladi
22-yanvar, 2021·1 min o'qish

Ertaga Fargʻonadagi FarDU hamda "Neftchi" SK oʻyingohlarida "Hokim Kubogi-2021" anʼanaviy xalqaro turniriga start beriladi.Ushbu musobaqada Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi ikkita tarkib bilan qatnashadi. 23 yanvar kuni Qirgulidagi stadionda boʻlib oʻtadigan ilk uchrashuvda jamoamiz Namangan viloyatining "Paxtakor-79" klubi bilan kuch sinashadi. 24 yanvarda esa kurashga "Neftchi-2" jamoasi qoʻshiladi. Eslatib oʻtamiz, "Neftchi"-"Paxtakor-79" bahsi Ertaga soat 14:00 da boshlanadi. "NEFTChI" FK matbuot xizmati