"HOKIM KUBOGI-2021" "BUNYoDKOR"GA NASIB ETDI!

Bugun Fargʻonadagi markaziy "Istiqlol" stadionida anʼanaviy xalqaro "Hokim Kubogi-2021" musobaqasining final bahsi boʻlib oʻtdi.Bosh sovrin uchun Toshkentning "Bunyodkor" hamda Fargʻonaning "Istiqlol" jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar. Hal qiluvchi oʻyinda poytaxtliklar yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, bosh sovrin "Hokim Kubogi"ni qoʻlga kiritishga muyassar boʻldilar. Uchrashuv yakunlanganidan soʻng musobaqa sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Taqdirlash marosimida Fargʻona viloyat hokimining sport va turizm masalalari boʻyicha maslahatchisi Hurshid Ahmedov, Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari Avazbek Karimov, Oʻzbekiston milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov va viloyat futbol assosiasiyasi vise prezidenti Nosir Otaqoʻzievlar qatnashib, gʻolib va sovrindorlarni qimmatbaho sovgʻa va mukofotlarlar bilan taqdirladilar. Marosimda shuningdek nominasiyalar boʻyicha gʻoliblar ham taqdirlandi. Xususan, musobaqaning "Eng yaxshi murabbiyi" nominasiyasiga jamoamiz bosh murabbiyi Ilhomjon Moʻminjonov deya eʼtirof etildi. "Neftchi" matbuot boʻlimi xodimi Abdulaziz Abduvohidov turnirning faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi

