FUTZAL. YaKUNIY OʻYINDA HAM GʻALABA!
4-may, 2021·1 min o'qish

Samarqand shahrida davom etayotgan futzal boʻyicha Birinchi liga musobaqalarida Farrux Zokirov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi bugun birinchi davradagi yakuniy bahsini oʻtkazdi.Bugun futzalchilarimiz "Mashʼal" klubi bilan boʻlib oʻtgan oʻyinda ham chiroyli oʻyin koʻrsatib,ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdilar va turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldilar. Birinchi liga. Toʻrtinchi kun "Mashʼal"-"Neftchi" 1:6 Gollar: Joʻrabek Shodiev(34)- Mavlon Gʻaniev (10), Sardorbek Alisherov (12,36), Rashidxon Jabborov (26), Muhammadyusuf Muhammadjonov(26,31) Gʻalaba va peshqadamlik muborak! "Neftchi" matbuot xizmati
