Futzal. "Neftchi" Fargʻonada "Dinamo" bilan durang oʻynab Oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
Bugun Fargʻona shahridagi "Futbol markazi" maydonida futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Birinchi liga bahslarining hal qiluvchi oʻyini boʻlib oʻtdi. Mazkur bahsda Fargʻonaning "Neftchi" va Samarqandning "Dinamo" futzal jamoalari Oliy liga yoʻllanmasi uchun kurash olib bordilar. Oʻyin hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlganligi bois keskin kurashlarga boy tarzda oʻtdi. Har ikki jamoa vakillari maydonda faqat gʻalaba uchun kurash olib bordilar. Qiziqarli va tomoshabop ruhda oʻtgan oʻyin 2:2 hisobida jangovor durang natija bilan yakunlandi. Ushbu natida fargʻonaliklarga Oliy liga yoʻllanmasini taqdim etdi. Futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionati. Birinchi liga. 2-davra. "Neftchi" - "Dinamo" 2:2 (0:0) Fargʻona shahar "Futbol markazi" maydoni. Hakamlar: Nikita Afinogenov, Xushnud Atamurodov, Jamoliddin Qosimov. Nazoratchi: Faxriddin Murodov. Komissar: Jamshid Imamov. Gollar: Sardorbek Alisherov, (1:0), Daler Esonqulov, (1:1), Qosim Safarov (1:2), Ikrom Karimov-pen., (2:2). "Neftchi": 1.Elyor Domlaev, 6.Sardorbek Alisherov, 10. Farhodjon Neʼmatov, 13.Rashidxon Jabborov, 17. Mavlon Gʻaniev. Zaxira: 12.Komiljon Nurmatov, 2. Shuhratbek Rashidov, 4.Dilmurod Yusubjonov, 11. Abdurahim Saidjonov, 14. Muhammadhalim Sotvoldiev, 15. Muhammadyusuf Muhammadjonov. Bosh murabbiy: Farrux Zokirov. "Dinamo": 2.Ikrom Karimov, 5. Qosim Safarov, 8. Shaxram Fahriddinov, 10.Muhammad Rajabov, 77.Doniyor Rajabov. Zaxira: 1. Umidjon Maxramov, 7.Daler Esonqulov, 9.Nurillo Toshtemirov, 11.Timur Salimov, 12. Lazizbek Ubaydullaev, 21.Samariddin Berkinov, 19.Damir Mamadoliev, 99.Samandar Murodqulov. Bosh murabbiy: Dilshod Xaydarqulov