FUTBOLChILAR TAʼTILGA ChIQIShDI
28-iyun, 2021·1 min o'qish
Kecha boʻlib oʻtgan 13-tur uchrashuvlari bilan Pro liganing birinchi davra bahslariga yakun yasaldi va "Neftchi" futbolchilariga ikki xaftalik taʼtil taqdim etildi. Bu vaqt mobaynida futbolchilarning jismoniy holatida pasayish kuzatilishini inobatga olib,individual shugʻullanishlari uchun jamoamiz murabbiylar shtabi tomonidan tasdiqlangan uslub-qoʻllanmalar har bir oʻyinchiga elektron tizim orqali yuborildi. Xabaringiz bor, 5 iyuldan 31 iyulgacha OʻzPFLning yozgi transfer oynasi kuchga kiradi. Bundan unumli foydalanish maqsadida jamoamizning seleksioner murabbiylari bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib borishni rejaga kiritishgan. "Neftchi" matbuot xizmati