Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Futbol akademiyasida uchrashuv

11-yanvar, 2020·1 min o'qish

Fargʻonadagi viloyat bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasida "Neftchi" futbol klubining yetakchi mutaxassislari bilan yosh futbolchilar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Fargʻonadagi viloyat bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasida "Neftchi" futbol klubining yetakchi mutaxassislari bilan yosh futbolchilar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Prezidentimizning oʻtgan yil 4 dekabrdagi "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida uyushtirilgan mazkur tadbirda "Neftchi" PFK bosh murabbiyi Abdusamad Durmonov, darvozabonlar boʻyicha murabbiy Xislat Chilmatov, taniqli futbolchi Mansur Saidov, viloyat Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining masʼul mutaxassislari Orzubek Qambarov, Qudrat Nazirov va boshqalar ishtirok etdilar. Akademiya oʻquvchi-tarbiyalanuvchilarining futbol sehrini qanday qilib mukammal oʻzlashtirish kerak degan savollariga Abdusamad Durmonov javob berar ekan, mamlakatimizda sportning bu ommaviy turi rivojini jahon talablari asosida yuksak choʻqqilarga koʻtarish masalalariga jiddiy eʼtibor berilayotganligi, bu borada viloyatimizda ham katta ishlar olib borilayotganligini taʼkidladi. Xislat Chilmatov esa yosh darvozabonlar malakasini oshirishda nimalarga eʼtibor qaratish masalalariga toʻxtalib oʻtdi. Futbol akademiyasining direktori Bek Bekov akademiyada Prezident farmonining talablari asosida ish qayta tashkil etilib, yoshlar va oʻsmirlar futbol sirlarini mukammal egallashlari, nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashgʻulotlarda muntazam chiniqib borishlari, musobaqalarda viloyatning futbol anʼanalari va sharafini munosib himoya qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini aytib oʻtdi. Oʻquvchi-tarbiyalanuvchilar bugungi uchrashuv, savol-javob va suhbatlarda katta taassurot olganliklarini minnatdorchilik bilan taʼkidladi.

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-01-11_10-59-13-1024x682.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/03/photo_2020-01-11_10-59-39-1024x682.jpg]

"Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar