"FERGANA GLOBAL TEXTIL" BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI
17-mart, 2022·1 min o'qish

"Neftchi" futbol klubi mavsumni yuksak darajada oʻtkazish maqsadida fan klub uchun ham qulay shart-sharoit yaratib bormoqda. Bugun "Fargona Global Textil" korxonasi hamda "Neftchi" PFK oʻrtasida fan klub aʼzolari uchun begʻarazlik asosida futbolkalar yetkazib berish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumini imzolash tadbiri damomida "Fargona Global Textil" rahbari Otabek Nishonov fan klub vakillariga korxonada ishlab chiqarilgan futbol liboslarini tantanali ravishda topshirdi. "Neftchi" matbuot xizmati