Yangiliklarga qaytish
Umumiy

FARGʻONA VILOYaTI HOKIMI "NEFTChI" QARORGOHIGA TAShRIF BUYuRDI

8-noyabr, 2020·1 min o'qish
IMG_20201108_193002_840

Bugun viloyat hokimi Hayrullo Hayitboevich Bozorov Pro ligada muvaffaqiyatli toʻp surayotgan va Superligadan joy olish uchun astoydil kurashayotgan "Neftchi" futbol klubi qarorgohiga tashrif buyurdi. Futbolchilar chempionat oʻyinlarini oʻtkazish uchun safarda boʻlganligi bois, viloyat hokimi klub rahbarlari bilan jamoaning moddiy-texnik sharoiti va imkoniyatlarini yanada yaxshilash, "Neftchi"ning Superligaga qaytib, Fargʻona futboli anʼanalarini muvaffaqiyatli davom ettirishi uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish kerakligini taʼkidladi. Klub rahbari Zohidjon Gʻofurov viloyat hokimiga bu sohada qilinayotgan ishlar, navbatdagi maqsad va rejalar haqida batafsil axborot berdi. Hayrullo Bozorov "Neftchi" mamlakatimizning mashhur va boy tarihga ega ekanligi, koʻp ming sonli muxlislar uning azaliy shon-shuhrati va anʼanalari tiklanishiga katta umid bogʻlayotganliklarini eʼtiborga olib, viloyat hokimligi bu ishni muvaffaqiyatli hal etishga yordam berish uchun tayyor ekanligi aytib oʻtdi. Jamoaga kelgusi bellashuvlarida yangi zafarlar tiladi. "Neftchi" matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/11/IMG_20201108_193000_389-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/11/IMG_20201108_193002_840-1-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/11/IMG_20201108_193005_514-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/11/IMG_20201108_193011_882-300x200.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar