Fargʻona viloyati "Hokim kubogi -2022" ga qurʼa tashlandi

Anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan Fargʻona viloyati "Hokim kubogi-2022" ga qurʼa tashlandi. Mazkur musobaqada oʻrinbosarlar jamoamiz qatnashadi. Kurʼa natijalariga koʻra "Neftchi" U-21 vakillari "B" guruhidan joy olishgan. Guruhimizda Quvasoyning "Sementchi", Yaypanning "Turon-2" va Andijonning "Andijon-2" jamoalari oʻrin olgan. Ushbu turnir 25 yanvardan 4 fevralgacha boʻlib oʻtadi. Guruh oʻyinlari 25-30 yanvar kunlari oʻtkazilsa, 1 fevral chorak final, 3 fevral yarim final va 4 fevralda final bahsi boʻlib oʻtadi. "Neftchi" U-21 jamoamiz uchun musobaqa taqvimi quyidagicha: "B" guruhi 25 yanvar "Neftchi" - "Sementchi" soat 11:00 da "Neftchi" SK stadioni 25 yanvar "Turon-2" - "Andijon-2" soat 14:00 da "Neftchi" SK stadioni 27 yanvar "Sementchi" - "Andijon-2" 11:00 da FarDu stadioni 27 yanvar "Neftchi" - "Turon-2" 14:00 da "Neftchi" SK stadioni 29 yanvar "Andijon-2" - "Neftchi" 14:00 da "Neftchi" SK stadioni 29 yanvar "Turon-2" - "Sementchi" 14:00 da FarDu stadioni