Fargʻona derbisida durrang

Pro liganing 7-turidan oʻrin olgan "Turon" - "Neftchi" uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvning 63-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Doston Toshmatov birga-bir vaziyatga chiqib borib hisobni ochdi - 0:1. 83-daqiqada Bahodir Akramov uzatgan toʻpni Asilbek Qayumov chiroyli tarzda darvozaga yoʻlladi - 1:1. Oʻyinda 1:1 hisobi qayd etildi. Pro liga. 7-tur 21 sentyabr, dushanba 16:15 - TURON – NEFTChI - 1:1 Hakamlar: Asker Najafaliev, Avaz Abdullaev, Sardor Nishonboev Nazoratchi: Andrey Tambovsev Komissar: Maʼmur Sultonov. Gollar: Dostonbek Toshmatov 63, - 0:1. Asilbek Qayumov 83, - 1:1. "Turon": 87. Akmal Ortiqov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 3.Shukurali Poʻlatov, 5.Oybek Ahmatov, 9.Otabek Haydarov, 10.Javohir Sohibov, 15.Shoxrux Xolmatov (s), 17.Doston Meliqoʻziev, 22.Gʻolibbek Sariboev, 23.Xurshidbek Asqaraliev, 77.Bilolxon Toshmirzaev. Zaxira: 1.Mirzohidjon Jalilov, 59.Amal Shavketov, 8.Bahodir Akramov, 11.Asilbek Qayumov, 19.Jamshidxoʻja Toʻxtaxoʻjaev, 25.Ismoiljon Oxunjonov, 27.Akmal Xolmurodov, 48.Musobek Muzaffarov, 71.Mirjalol Mirzaev. "Neftchi": 35.Sherzodbek Abduraimov, 3.Timur Sultonov, 5.Eldor Ergashev, 9.Otabek Zokirov, 17.Dostonbek Toshmatov, 20.Dilyorbek Irmatov, 27.Doston Avazbekov, 31.Pavel Smolyachenko. 44.Shodiyor Xojimatov, 93.Sirojiddin Allaev, 94.Anvarjon Hojimirzaev. Zaxira: 96.Sunnatillo Rahmonov, 6.Muhammadaziz Obidjonov, 10.Islomjon Toshpoʻlatov, 13.Jamshid Qobulov, 18.Javohirbek Rasulov, 70.Dostonbek Bobojonov, 77.Sanjarbek Zokirov, 98.Jamshidbek Toʻraqulov.