Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Fargʻona bosqichi yakunlandi

14-mart, 2020·1 min o'qish

Fargʻonada futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasining 1-tur baxslari oʻz yakuniga yetdi. Musobaqada mamlakatimizning turli shahar va viloyatlaridan 12ta jamoa ishtirok etdi.

Fargʻonada futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasining 1-tur baxslari oʻz yakuniga yetdi. Musobaqada mamlakatimizning turli shahar va viloyatlaridan 12ta jamoa ishtirok etdi. Oxirgi bellashuvlarni OʻzPFL Bosh direktorining oʻrinbosari Dilshodjon Xaitmetov katta qiziqish bilan kuzatdi. -- Oʻyinlardagi joʻshqinlik va jasorat meni juda maftun qildi,-- deydi u.-- Turning bu bosqichida rahbarlar va mutaxassislar kutmagan natijalar ham qayd etildi. Futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempioni Olmaliqning AGMK jamoasi Oliy liga debyutanti Zarafshonning "Stroitel-Zarafshon" jamoasiga yutqazib qoʻyganligi bunga yaqqol dalildir. Demak, mamlakatimizda futzal yangi iqtidorlar hisobiga tobora rivojlanib bormoqda. Raxbariyat musobaqaning turlarga boʻlib oʻtkazish rejasini tuzganda bu sohaning barcha viloyatlardagi muxlislarini quvontirishini koʻzda tutgan. Birinchi tur Fargʻonada muvaffaqiyatli oʻtkazilgan ekan, qolgan turlar Olmaliq, Toshkent, Qarshi, Jizzax va boshqa shaharlarda tashkil etiladi. Men xursand boʻlganim, fargʻonaliklar, shu jumladan, viloyat futbol assosiasiyasi va "" Neftchi " klubining mutaxasssislari turnirni oʻtkazishda juda faol ishtirok etdilar. Demak, katta futbol Fargʻonaga albatta qaytadi. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar