ERTAGA YoShLARIMIZNING NAVBATDAGI NAZORAT BAHSI
7-aprel, 2021·1 min o'qish

Yangi futbol mavsumiga Aziz Alijonov boshchiligida tayyorgarlik olib borayotgan (U-18) yoshlar jamoamiz ertaga 8 aprel payshanba kuni navbatdagi nazorat-oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishadi.Bu galgi raqib Namangan viloyati Pop tumanining "Wolves-siti" jamoasi hisoblanadi. Mazkur uchrashuv Fargʻonadagi BOʻSM (sobiq DYuSSh) futbol maydonida boʻlib oʻtadi. Nazorat uchrashuvi 8 aprel payshanba soat 14:00 "Neftchi" (U-18)-"Wolves-siti" BOʻSM (DYuSSh) stadioni "Neftchi" matbuot xizmati