ERTAGA YoShLARIMIZDA NAZORAT BAHSI!
23-fevral, 2021·1 min o'qish

Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan asosiy tarkibimiz qatori "Neftchi" (U-18) yoshlar jamoamiz ham oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini Fargʻonada oʻtkazmoqdalar. Tayyorgarlik jarayonida oʻrtoqlik nazorat oʻyinlari orqali tarkib oʻzagini shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda. Aziz Alijonov bosh murabbiyligidagi yoshlar jamoamiz ertaga navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushib, andijonlik tengqurlari bilan kuch sinashadi. 24 fevral, BOʻSM(sobiq DYuSSh) stadioni Soat 10:00 da "Neftchi"(U-18)-"Andijon"(U-18) "Neftchi" matbuot xizmati