Ertaga yoshlarimiz oʻynaydi
31-oktabr, 2020·1 min o'qish
Fargʻona viloyati ikkinchi ligasining navbatdagi turida “Neftchi” (U18) jamoamiz Fargʻona shahrining yana bir jamoasi “Istiqlol” (U18) ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv ertaga “Istiqlol” stadionining sunʼiy qoplamali maydonida soat 14:30 da boshlanadi. Shuningdek, Abdusamad Doʻrmonov boshchiligidagi asosiy tarkib jamoamiz bugundan mashgʻulotlarga kirishdi. "Neftchi" sharafini himoya qilayotgan har ikki jamoamizga omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz! "Neftchi" matbuot xizmati!