ERTAGA PRO LIGANING IKKINChI BOSQIChI START OLADI

Pro liganing 14-tur bahslari yakuniga yetganidan soʻng jamoalar ikki toʻrtlikka boʻlingan holda chempionatdagi yurishlarini davom ettiradigan boʻlishdi.Xabaringiz bor, "Neftchi" jamoasi birinchi bosqichni peshqadam sifatida yakunlab, birinchi toʻrtlikdan joy egalladi. Fargʻonaliklar bilan birga ushbu toʻrtlikda "Shoʻrtan", "Turon" hamda "Dinamo" jamoalari raqib sifatida harakatlanadilar. Birinchi bosqich yakuniga koʻra klublar bilan bevosita maslahatlashgandan soʻng har ikkala toʻrtlik uchun ikkinchi bosqich taqvimi tuzildi. Taqvimni tuzishda asosiy eʼtibor jamoalarning joylashgan hududiga qaratildi. Masalan: "Neftchi" bilan "Turon" vodiyda joylashgan boʻlsa, "Shoʻrtan" hamda "Dinamo" jamoalari bir-biriga yaqin janubiy hududda joylashishgan. Shundan kelib chiqib, vaqtni iqtisod qilish maqsadida vodiy jamoalari janub safari chogʻida bir yoʻla ikkitadan oʻyin oʻtkazishlari va "Shoʻrtan" bilan "Dinamo" ham vodiyga kelishlarida huddi shu tarzda qatorasiga ikkita uchrashuv oʻtkazib ketishlari ayon boʻldi. Demak, taqvimga koʻra 15-tur bahslari ertaga 5 noyabr kuni start oladi. Shu kuni Samarqandda "Dinamo"-"Turon" bellashuvi boʻlib oʻtsa, 6 noyabrda Gʻuzorda "Shoʻrtan"-"Neftchi" jamoalari oʻzaro bahslashadilar. Ikkinchi bosqich taqvimi bilan tanishtirib oʻtamiz
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/11/20202020-300x300.jpg]