ERTAGA NAZORAT OʻYINIDA QATNAShAMIZ
Pro liganing ikkinchi davra bahslariga qizgʻin tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" futbol klubi ertaga oʻrtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.Jamoamiz aʼzolari Quvasoyning "Sementchi" futbolchilari bilan bahs yuritishadi. Mazkur uchrashuv "Istiqlol" markaziy oʻyingohida boʻlib oʻtadi. Aytib oʻtish joiz, yozgi tanaffus paytida taʼtilni oʻtkazish uchun oʻz yurtiga yoʻl olgan xorijiy legioner futbolchilarimiz Marko Obradovich, Darko Stanoevich va jismoniy tarbiya boʻyicha murabbiyimiz Aleksandr Stojmirovichlar bugun jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishib, mashgʻulotlarga qoʻshilishdi. Nazorat uchrashuvi "Neftchi"-" Sementchi " Boshlanadi soat 20:00 da Eslatma: Mamlakatimizda koronovirus pandemiyasi kuchayganligi sabab stadionga muxlislar kiritilmaydi.