ERTAGA NAVBATDAGI NAZORAT OʻYINI!
15-fevral, 2021·1 min o'qish

Ilhomjon Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.Toshkentda oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazayotgan jamoamiz aʼzolari ertaga 16 fevral sanasida navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushadilar. Bu galgi raqibimiz Pro liga vakili Samarqandning "Dinamo" klubi hisoblanadi. Bellashuv poytaxtdagi "Toʻqimachi" stadionida oʻtkaziladi. Boshlanish vaqti soat 11:00 da. "Neftchi" matbuot xizmati