ERTAGA FARGʻONA DERBISI!

Ertaga 6 aprel kuni Pro liganing 3-tur bahsi boʻlib oʻtadi. Fargʻona shahridagi markaziy «Istiqlol» oʻyingohida «Neftchi» klubi “Istiqlol” jamoasini qabul qiladi. 6 aprel seshanba coat 18:00 Pro liga 3-tur «Neftchi»-«Istiqlol» Hakamlar: Ilya Ilin, Oybek Kalaxoʻjaev, Hasan Nabiev Nazoratchi: Valentin Kovalenko Komissar: Qudrat Madraimov Oʻtgan yili OʻFA Tartib-intizom qoʻmitasi «Neftchi» — «Turon» uchrashuvidan soʻng jamoamizga nisbatan sanksiyalar qoʻllagan. Unga koʻra, «Neftchi» futbol klubi PFL tomonidan oʻtkaziladigan keyingi rasmiy uch uy uchrashuvlarini muxlislarsiz oʻtkazishi belgilab qoʻyilgan. Ertaga “Istiqlol” jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadigan bahs diskvalifikasiyadan oʻrin olgan muxlislarsiz oxirgi bellashuv hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda ushbu uchrashuvni bizning ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. «Neftchi» matbuot xizmati