Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ERTAGA ChEMPIONATNING YaKUNIY BAHSI!

30-noyabr, 2020·1 min o'qish
IMG_5794

Ertaga 1 dekabr kuni Oʻzbekiston chempionati Pro ligasida 20-turning oxirgi bahsi boʻlib oʻtadi. Unda viloyatimizning ikki jamoasi "Neftchi" hamda "Turon" Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun maydonga tushadilar. Viloyat derbisi maqomiga ega boʻlgan ushbu bahs Fargʻonadagi "Istiqlol" markaziy stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv soat 14:00 ga belgilangan. Jamoamizning barcha jonkuyar futbol muxlislarini ertaga mavsumning yakunlovchi oʻyiniga taklif etib,futbolchilarimizni yuqori saviyada qoʻllab- quvvatlashlariga umid bogʻlab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar