Ertaga 15-tur bellashuvlari davom ettiriladi.
5-noyabr, 2020·1 min o'qish

6-noyabr kuni Oʻzbekiston chempionatining Pro ligasida 15-turning navbatdagi bahsi boʻlib oʻtadi. Unda Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi Gʻuzorning “Shoʻrtan” klubiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv Gʻuzordagi markaziy stadionda soat 14:00 da start oladi. Ushbu uchrashuv Futbol TV kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Pro liga. 15-tur 6 noyabr, juma "ShOʻRTAN" – "NEFTChI" Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov Nazoratchi: Aleksandr Popov Komissar: Ongar Jalimov Neftchi FK matbuot xizmati