Ertaga 13-tur davom ettiriladi
22-oktabr, 2020·1 min o'qish

Ertaga 23 oktyabr kuni Oʻzbekiston chempionatining Pro ligasida 13 - tur bahslari davom ettiriladi. “Neftchi” bu turda mehmon sifatida maydonda harakatlanib, Jizzahning “Zomin” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Xabaringiz bor, birinchi davra bahsida jamoalar Pro liganing 6 - turida toʻqnash kelishgan. Oʻshanda fargʻonaliklar 3:2 hisobida ustun kelishgan boʻlib, gollarga Dostonbek Toshmatov ikki marta va Pavel Smolyachenko bir bor gollarga mualliflik qilishgan. Eslatib oʻtamiz “Zomin” – “Neftchi” uchrashuv ertaga “Zomin” markaziy oʻyingohida soat 15-00 da boshlanadi