ERTADAN YoShLARIMIZ MAShGʻULOTLARGA KIRIShADI
14-iyul, 2021·1 min o'qish
U-18 Birinchiligining birinchi davra bahslarini peshqadam sifatida yakunlab, yozgi tanaffusga chiqqan Aziz Alijonov boshchiligidagi "Neftchi" yoshlar jamoamiz ertadan boshlab ikkinchi davra oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoniga kirishadilar. Tayyorgarlik jarayoni davrida murabbiylar shtabi jamoa koʻrigiga bir qator iqtidorli futbolchilarni taklif etgan. Ularning hatti-harakatlari murabbiylar shtabiga maʼqul kelsa, ikkinchi davra bahslarida yoshlar jamoamiz tarkibidan oʻrin olishadi. Jamoamizga oid yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring. "Neftchi" matbuot xizmati