ERTADAN TAYYoRGARLIK DAVOM ETTIRILADI
31-mart, 2021·1 min o'qish

Pro liganing 2-tur bahsida safarda "Yangier" jamoasi bilan oʻynab, gʻalaba nashidasini surgan "Neftchi" futbol klubi aʼzolari ikki kunlik xordiqdan soʻng bugun oʻz qarorgohlariga qaytishmoqda. Ertadan boshlab futbolchilarimiz navbatdagi 3-tur bellashuviga tayyorgarlikni davom ettiradilar.Bu galdagi raqibimiz "Istiqlol" jamoasi hisoblanadi va ushbu uchrashuv Fargʻona derbisi maqomiga egalik qiladi. Eslatib oʻtamiz, "Neftchi"-"Istiqlol" oʻyini 6 aprel seshanba kuni soat 18:00 ga belgilangan "Neftchi" matbuot xizmati