DOSTON TOShMATOVNING DISKVALIFIKASIYaSI YaKUNLANDI
10-may, 2021·1 min o'qish

Xabaringiz bor, oʻtgan yilgi "Neftchi"-"Turon" bahsidan soʻng maydonda yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida jamoamiz aʼzosi Dostonbek Toshmatovga nisbatan sanksiya qoʻllanilgan edi. Unga koʻra, futbolchi keyingi 10ta rasmiy uchrashuvlarga diskvalifikasiya qilindi. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga muvofiq 10ta uchrashuvga chetlatilgan futbolchining birinchi qoʻyib yuborgan rasmiy oʻyini "Andijon" jamoasi bilan kechgan bahsga toʻgʻri kelgan. Undan keyin Pro ligada bu yil 6ta hamda Oʻzbekiston Kubogi bahslarida 3ta oʻyinni oʻtkazib yuborgan. Bugungi kunda Dostonbek Toshmatovning diskvalifikasiyasi oʻz yakuniga yetdi. "Neftchi" matbuot xizmati