DOSTON TOShMATOV "NEFTChI" BILAN ShARTNOMA IMZOLADI
27-fevral, 2021·1 min o'qish

Fargʻonalik muxlislarning sevimli futbolchisiga aylanib ulgurgan va 2020 yil Pro liga mavsumida jamoa toʻpurari boʻlgan Doston Toshmatov yangi mavsumni xam "Neftchi" tarkibida oʻtkazadigan boʻldi. Boisi, bugun futbolchi bilan rasman 1 yillik shartnoma imzolandi. Yangi futbol mavsumida Doston Toshmatovdan yorqin oʻyinlari orqali jamoamiz gʻalabalariga oʻz hissasini qoʻshishida omad va zafarlar tilab qolamiz. "Neftchi" FK matbuot xizmati