Diyor Imomxoʻjaev OʻzPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
26-may, 2020·1 min o'qish

Diyor Imomxoʻjaev OʻzPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov joriy yil 25 may kunidan oʻz arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Shu sababli, Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti A.Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxoʻjaev Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.