«Dinamo» «Neftchi»ni magʻlub etdi

Pro liga 16-turi doirasida «Dinamo» Samarqandda azaliy raqibi «Neftchi»ni qabul qildi. Sergey Lushchan jamoani tark etgach, shu kuni murabbiylar shtabidagi mahalliy mutaxassis Jasur Hamroev qoʻl ostida maydonga tushdi. Dinamochilar 53-daqiqada jamoa sardori Hakimxon Aʼlamxonovning bosh bilan yoʻllagan zarbasi bilan hisobni ochishdi – 1:0. 68-daqiqaga kelib raqib futbolchilari Oybek Nurmatovning jarimadan yoʻllagan zarbasini qoʻl bilan qaytarib qolishdi. Belgilangan penaltini Suhrob Nurulloev golga aylantirdi – 2:0. Yakunda muhim gʻalabaga erishgan «Dinamo» jamoasi ochkolari sonini 25taga yetkazdi va Superliga uchun kurashga qaytdi. «Neftchi» esa 31 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Pro liga. 16-tur. 10 noyabr (seshanba) «Dinamo» - «Neftchi» - 2:0 Bosh hakam: Firdavs Norsafarov (Qarshi) Gollar: Hakimxon Aʼlamxonov 53, Suhrob Nurulloev 68 pen.. «Dinamo»: Farhod Rahmatov, Komil Sharofutdinov (Bekzod Ahmadjonov, 85), Hakimxon Aʼlamxonov, Obid Joʻraboev, Avaz Agaliev, Bobur Qosimov, Damir Temirov (Azim Mirzaev, 46), Suhrob Nurulloev (Eldor Boymatov, 70), Shohrux Abdurahmonov, Oybek Nurmatov (Sharofiddin Shobirov, 85), Amirjon Safarov (Azamat Allaniyozov, 85) «Neftchi»: Sherzodbek Abduraimov, Sirojiddin Allaev, Eldor Ergashev (Pavel Smolyachenko, 60), Islombek Karimov (Rustamjon Abduhamidov, 60), Islomjon Toshpoʻlatov, Jamshid Qobulov, Dostonbek Toshmatov, Doston Avazbekov, Umar Adhamzoda, Shodiyor Xojimatov, Otabek Zokirov (Mansur Saidov, 70).