«Dinamo»-«Neftchi» Prevyu

Oʻzbekiston chempionati doirasida jamoalar 48 marta oʻzaro bahs yuritishgan boʻlib, bularning 46tasi Oliy liga va Superliga bellashuvlariga toʻgʻri kelgan boʻlsa, 2 ta oʻyin joriy yilning Pro liga bahslarida qayd etildi. Fargʻonaliklar 48ta uchrashuvning 33tasida gʻalaba qozonishgan, 12ta oʻyinda «Dinamo»ning qoʻli baland kelgan. 3ta bellashuv durang bilan yakunlangan. Toʻplar nisbati 88-40 «Neftchi» foydasiga. Oliy liga va Superliga doirasida Samarqandda boʻlib oʻtgan soʻnggi besh uchrashuv natijalari quyidagicha: 2020 y. «Dinamo»-«Neftchi» 0:1 2017 y. «Dinamo»-«Neftchi» 1:0 2015 y. «Dinamo»-«Neftchi» 0:1 2014 y. «Dinamo»-«Neftchi» 0:0 2013 y. «Dinamo»-«Neftchi» 2:0 Jamoalarning Pro ligadagi soʻnggi oʻzaro toʻqnashuvi shu yilning 25 sentyabr sanasiga toʻgʻri keldi. Samarqandda boʻlib oʻtgan ushbu bahsda «Neftchi» jamoasi 1:0 hisobida zafar quchgan golga Doston Avazbekov mualliflik qilgan. Tur doirasidan oʻrin olgan "Dinamo" - "Neftchi" bahsi Samarqanddagi "Dinamo" oʻyingohida soat 14:00 da boshlanadi. Mazkur bahs Futbol TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi Pro liga. 16-tur 10 noyabr, seshanba "DINAMO" – "NEFTChI" Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Artyom Kalinin, Oybek Kalaxoʻjaev Nazoratchi: Marat Ismoilov Komissar: Erkin Baxtiyorov «Neftchi» matbuot xizmati