"DINAMO"-"NEFTChI". PREVYu

Oʻzbekiston chempionati doirasida jamoalar 47 marta oʻzaro bahs yuritishgan boʻlib, bularning 46tasi Oliy liga va Superliga bellashuvlariga toʻgʻri kelgan boʻlsa, 1ta oʻyin joriy yilning Pro liga bahsida qayd etildi. Fargʻonaliklar 47ta uchrashuvning 32tasida gʻalaba qozonishgan, 12ta oʻyinda "Dinamo"ning qoʻli baland kelgan. 3ta bellashuv durang bilan yakunlangan. Toʻplar nisbati 87-40 "Neftchi" foydasiga. Oliy liga va Superliga doirasida Samarqandda boʻlib oʻtgan soʻnggi besh uchrashuv natijalari quyidagicha: 2017 y. "Dinamo"-"Neftchi" 1:0 2015 y. "Dinamo"-"Neftchi" 0:1 2014 y. "Dinamo"-"Neftchi" 0:0 2013 y. "Dinamo"-"Neftchi" 2:0 2012 y. "Dinamo"-"Neftchi" 2:0 Jamoalarning Pro ligadagi oʻzaro toʻqnashuvi shu yilning 3 iyul sanasiga toʻgʻri keldi. Fargʻonada boʻlib oʻtgan ushbu bahsda "Neftchi" jamoasi 1:0 hisobida zafar quchgan. "Neftchi" matbuot xizmati