«Dinamo» minimal hisobda magʻlub etildi
Pro Liga 8-turi doirasida Fargʻonaning «Neftchi» klubi Samarqanddan gʻalaba bilan qaytdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Doston Avazbekov tomonidan kiritilgan yagona gol mehmonlarga gʻalaba keltirdi. Samarqandlik futbolchilar oʻyin davomida qator imkoniyatlarga ega boʻlishsa-da vaziyatlar golga aylanmadi. Bu magʻlubiyatdan keyin «Dinamo» 11 ochko bilan 4-oʻringa tushgan boʻlsa, «Neftchi» 14 ochko bilan 1-oʻringa chiqib oldi. Pro liga. 8-tur 25 sentyabr (juma) «DINAMO» – «NEFTChI» - 0:1 Bosh hakam: Komil Rasulov (Qarshi) Gol: Doston Avazbekov, 6. «Dinamo»: 1.Erkin Jabborov, 4.Hakimxon Aʼlamxonov, 5.Avaz Agaliev (23.Shahzodbek Hamidov, 63), 6.Bobur Qosimov, 9.Jahongir Ahmadov (17.Sharofutdin Shobirov, 66), 19.Obid Joʻraboev, 20.Shahboz Nuriddinov (7.Suhrob Nurulloev, 46), 26.Komil Sharofutdinov, 27.Azamat Allaniyazov ( 14.Andrey Sidorov, 66), 34.Shohruh Abdurahmonov (11.Damir Temirov, 46), 78.Oybek Nurmatov. Zaxira: 22.Shohruh Raimov, 8.Eldor Boymatov, 10.Amirjon Safarov, 21.Muhammadqodir Hamraliev. «Neftchi»: 35.Sherzodbek Abduraimov, 3.Timur Sultonov, 9.Otabek Zokirov, 17.Dostonbek Toshmatov, 27.Doston Avazbekov, 31.Pavel Smolyachenko. 38.Umar Adhamzoda, 44.Shodiyor Hojimatov, 93.Sirojiddin Allaev, 94.Anvar Hojimirzaev. Zaxira: 96.Shuxratillo Rahmonov, 5.Eldor Ergashev, 6.Muhammadaziz Obidjonov, 10.Islomjon Toshpoʻlatov, 70.Dostonbek Bobojonov, 77.Sanjarbek Zokirov, 98.Jamshidbek Toʻraqulov.