DILYoRBEK IRMATOVNI TABRIKLAYMIZ!
30-aprel, 2020·1 min o'qish
Bugun "Neftchi" FK ning mohir va tajribali futbolchisi, uzoq yillar mobaynida fargʻonaliklar sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Dilyorbek Irmatov oʻzining 31 yoshini qarshilamoqda. Shu munosabat bilan jamoamiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, ishchi-xodimlar hamda koʻp sonli muxlislari nomidan Dilyorbekni tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻliq, oilaviy barqarorlik va sport sohasidagi faoliyatida omadlar yor boʻlishini tilab qolamiz. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, Dilyorbek! "Neftchi" matbuot xizmati