Yangiliklarga qaytish
Umumiy

DERBIDA JANGOVAR DURANG

28-oktabr, 2020·2 min o'qish
IMG_20201028_172057_614

"Istiqlol" markaziy stadionida Pro liganing 14-tur bahsida Fargʻona derbisi boʻlib oʻtdi. Unda "Neftchi" hamda "Turon" klublari kurash olib bordilar. Oʻyin boshlanishiga hech qancha vaqt oʻtmasdan, muxlislar tezkor golga guvoh boʻlishdi.Yaypanliklar jarima maydonimiz tashqarisida toʻpni tepadan oshirib berishganida,toʻpni mehmonlar futbolchisi Sunnatillo Ermatov chiroyli tarzda darvozamiz tomon yoʻllab, hisobni ochishga erishdi 0:1. Koʻp hollarda tezkor gol raqib jamoaga salbiy taʼsir koʻrsatishi tabiiy hol. Bundan neftchilar ham istisno boʻlishmadi shekilli, ularning birinchi boʻlim oxirigacha uyushtirgan barcha hujumlari samarasiz yakunlandi. Ikkinchi boʻlimda jamoamiz murabbiylar shtabi bir qator oʻzgartirishlarni amalga oshirishdi va maydonga tajribali futbolchilarimizdan Mansurjon Saidov,Islombek Karimov va Eldor Ergashevlar kirib kelishdi. Aytib oʻtish joizki,oʻyin surati ancha jonlanib,jamoamiz bir nechta xavfli hujumlarni yuzaga keltirdi. Ammo, yakuniy zarbalarga kelganda noaniqliklar taqib qilishda davom etdi va bir-ikkita vaziyatda omad ham yuz oʻgirganini aytib oʻtish mumkin. Uchrashuv oxirlab borayotganda esa anchadan beri maydonda koʻrinmagan iqtidorli futbolchimiz Sanjarbek Zokirov zaxiradan maydonga tushirildi. Bu paytga kelib bosh hakam oʻyinning asosiy qismiga 3 daqiqa vaqt qoʻshib berdi. Buni qarangki,aynan 3-4 daqiqa maydonda harakat qilgan Sanjarbek chiroyli uyushtirilgan kombinasiyani gol bilan nishonlab,oʻyindagi muvozanatni tiklashga erishdi 1:1. Keskin va shiddatli kurashlarga boy oʻtgan bahsda jangovar durang qayd etildi. 28 oktyabr, chorshanba 14:00 - NEFTChI – TURON 1:1 Hakamlar: Akobirxoʻja Shukurullaev, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov Nazoratchi: Oleg Dachev Komissar: Ongar Jalimov Gol: Sunnatillo Ermatov 3, Sanjar Zokirov 90 "Neftchi": Sherzodbek Abduraimov, Otabek Zokirov(C), Jamshid Qobulov, Dostonbek Toshmatov, Doston Avazbekov, Pavel Smolyachenko, Rustam Abduhamidov, Umar Adhamzoda, Shodiyor Hojimatov, Sirojiddin Allaev, Anvar Hojimirzaev. Zaxir: Farrux Turdaliev, Temur Sultonov, Eldor Ergashev, Muhammadaziz Obidjonov, Mansur Saidov, Islom Karimov, Dilyorbek Ermatov, Sanjar Zokirov, Jamshid Toʻraqulov "Turon": 87. Akmal Ortiqov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 3. Shukurali Poʻlatov, 4. Sunnatillo Ermatov, 7. Umidjon Qodirov, 10. Javohir Sohibov, 14. Doniyor Ismoilov, 15. Shoxruxbek Xolmatov (S), 17. Dostonbek Meliqoʻziev, 22. Gʻolibbek Sariboev, 71. Mirjalol Mirzaev. Zaxira: 1. Mirzohidjon Jalilov, 5. Oybek Axmatov, 8. Bahodir Akramov, 11. Asilbek Qayumov, 18. Asliddin Toshtemirov, 23. Xurshidbek Asqaraliev, 25. Ismoil Oxunjonov, 77. Bilolxon Toshmirzaev. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar