Coca-Cola Superliga. “Neftchi” mavsumni gʻalaba bilan boshladi

Coca-Cola Superliganing yangi mavsumi start oldi. Bugunga belgilangan ikkita oʻyinning birida gʻalaba, ikkinchisida esa durang natija qayd etildi. Teng kurashlar ostida oʻtgan uchrashuvda “Neftchi” jamoasi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida bosh hakamning VARga murojaatidan keyin belgilangan penaltidan gol urib, mavsumning birinchi uch ochkosini qoʻlga kiritdi. Kuni kecha Superkubokka mezbonlik qilgan Yaypan stadioni oʻshanda tomoshabinga liq toʻlgandi, bu gal ham Fargʻona viloyat derbisini tomosha qilish uchun Fargʻona shahridan ham, Qoʻqondan ham ming-minglab muxlislar tashrif buyurishdi.
Coca-Cola Superliga. 1-tur 2 mart, chorshanba NEFTChI – QOʻQON-1912 - 1:0. Yaypan. “Oʻzbekiston” stadioni. 5250 tomoshabin. Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Sanjar Shoyusupov, Aleksandr Sidorov, Lochinbek Dolimov Nazoratchi: Temur Abdullaev VAR hakami: Ilgiz Tantashev VAR assistenti: Maksim Nexochin Komissar: Sherzod Rajabov Gol: Shahzodyuek Ubaydullaev, 89-pen. (1:0). "Neftchi": Akbar Toʻraev, Oybek Qilichev (Sirojiddin Qoʻziev, 64), Izzatilla Abdullaev (Shahzodbek Ubaydullaev, 76), Lutfulla Toʻraev (Aleksandr Yeshich, 41), Mirzohid Gʻofurov, Anvarjon Gʻofurov, Daniel Stoykovich, Darko Stanoevich, Abbosjon Gʻulomov (Sunnatulla Abdullajonov, 64), Abrorbek Ismoilov, Ulugʻbek Hoshimov (Marko Sharich, 64) "Qoʻqon-1912": Muzaffar Abdullaev, Sanʼat Shixov (Sardorbek Azimov, 46), Javohir Sidiqov, Moʻminjon Meliev (Shahzodbek Nurmatov, 76), Avazxon Mamatxoʻjaev (Anvarjon Xojimirzaev, 90), Oybek Rustamov, Quvondiq Roʻziev, Aleksandr Merzlyakov (Dilshod Rahmatullaev, 90), Ivan Yosovich, Bilolxon Toshmirzaev (Jamshid Hasanov, 70), Murod Xolmuhammedov Ogohlantirishlar: Abbosjon Gʻulomov, 17, Daniel Stoykovich, 25, Shahzodbek Ubaydullaev, 90+2 - Ivan Yosovich, 33, Oybek Rustamov, 83.