Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"BUXORO" - "NEFTChI" PREVYu

30-may, 2021·1 min o'qish
IMG_20210530_070443_049

"Buxoro" klubi 1960 yilda tashkil topgan. 1989 yilda jamoa "Nurafshon" nomi bilan harakat qilgan. 1997 yildan boshlab yana "Buxoro" brendi ostida faoliyat yuritib kelmoqda. Jamoa uy uchrashuvlarini 22 700 tomoshabinga moʻljallangan "Buxoro" sport majmuasi stadionida oʻtkazadi. Milliy chempionatimiz doirasida jamoalar faqat Oliy liga va Superliga birinchiligida raqobat olib borishgan. Pro liga birinchiligida esa jamoalar ilk bor uchrashadilar. Oʻzbekiston chempionati bellashuvlarida jamoalar jami 52 marta oʻzaro toʻqnashgan boʻlib, bularning 15tasida "Buxoro" gʻalaba qozongan, 3ta oʻyin durang bilan yakun topgan va 34ta bahsda "Neftchi" ustun kelgan. Umumiy toʻplar nisbati 47-98 fargʻonaliklar foydasiga. Jamoalarning bu qarama-qarshilikdagi eng yirik gʻalabalari 1994 yilga toʻgʻri keladi. Buxoroda mezbonlar 4:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, Fargʻonada "Neftchi" 5:0 hisobida ustun kelgan. 15.03.2014."Buxoro "-" Neftchi " 1:0 05.11.2015."Buxoro "-" Neftchi " 3:1 16.06.2016."Buxoro "-" Neftchi " 2:0 07.04.2017."Buxoro "-" Neftchi " 3:0 19.07.2018."Buxoro "-" Neftchi " 0:0 "Neftchi" matbuot xizmati

Buxoroda qayd etilgan oxirgi 5ta uchrashuv natijalari quyidagicha:

Ulashish

O'xshash yangiliklar