BUGUNDAN YIGʻINGA KIRIShILADI
6-yanvar, 2022·1 min o'qish

Yangi mavsumga hozirlik koʻrayotgan Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" futbol klubi bugundan boshlab Toshkentda oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga kirishadi. Tayyorgarlik jarayoni poytaxtdagi "Toʻqimachi" stadionda kuniga ikki mahal olib boriladi. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" matbuot xizmati