BUGUN MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
27-iyun, 2021·1 min o'qish
"Neftchi" futbol klubi mamlakatimiz jurnalistlari va ijodkorlarini "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bilan qizgʻin tabriklaydi. Xalqimiz matbuotni toʻrtinchi hokimiyat deb bejizga aytmaydi. Gazeta, jurnal, radio, televidenie va barcha ijtimoiy tarmoq xodimlari yangi Oʻzbekistonning jadal yuksalishiga, xalqimiz kundalik hayotidan rozi boʻlib yashashiga, mamlakat xalq xoʻjaligining barcha sohalari, shu jumladan, ommaviy sport va futbolni yuksaltirishga barakali hissa qoʻshmoqdalar. Buni viloyatimiz misolida ham yaqqol koʻrishimiz mumkin. Hurmatli ijodkorlar! Sizlarni ilohiy va ijodiy joʻshqinlik aslo tark etmasin. Kasb bayramingiz qutlugʻ va davomli boʻlsin. "Neftchi" matbuot xizmati