Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Bugun Fargʻona derbisi!

28-oktabr, 2020·1 min o'qish
593477_original

Pro liga 14-turidan oʻrin olgan "Neftchi" - "Turon" baxsi bugun soat 14:00 da "Istiqlol" stadionida boshlanadi. Jamoalarning oʻzaro rasmiy uchrashuvlar statistikasi unchalik boy tarihga ega emas.Bunga sabab, "Turon" klubining joriy yil Pro ligada qatnashish huquqini beruvchi yoʻllanmani qoʻlga kiritganidan soʻng boshlandi. Shu yilning yanvar-fevral oylarida esa jamoalar anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan Fargʻona viloyati hokimi kubogi musobaqalari doirasida yuzlashishgan va bu uchrashuv turnir taqdirini hal qiluvchi oʻyini,yaʼni finalida qayd etildi. Shu kuni bellashuvning asosiy qismi durang 2:2 natijasi bilan tugallangan boʻlib, penaltilar seriyasi boʻyicha esa "Neftchi" jamoasi 4:2 hisobida ustun kelgan va kubok sohibiga aylangan. Joriy yilning 21 sentyabr kuni jamoalar ilk bor Pro liga birinchiligida raqobatlashishdi va Yaypanda boʻlib oʻtgan ushbu bahs durang 1:1 natijasi bilan yakun topgan. Pro liga 14-tur "Neftchi"-"Turon" Boshlanish vaqti 14:00 da "Istiqlol" markaziy oʻyingohi Hakamlar: Akobirxoʻja Shukurullaev, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov Nazoratchi: Oleg Dachev Komissar: Ongar Jalimov "Neftchi" FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar