BIRINChI BOSQICh YaKUNLANDI
17-yanvar, 2022·1 min o'qish

Yangi mavsumga 6 yanvar sanasidan Toshkent shahrida qizgʻin tayyorgarlikka kirishgan "Neftchi" futbol klubi kecha "Buxoro" jamoasi bilan boʻlib oʻtgan sinov-nazorat oʻyini orqali birinchi bosqich jarayonini yakunladi. Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarga qisqa taʼtil taqdim etdi. 19 yanvarda jamoa aʼzolari Toshkentda yigʻilib, ertasi kuni tasdiqlangan reja asosida ikkinchi bosqich yigʻinlarini oʻtash uchun Turkiyaning Antalya shahriga yoʻl oladilar. Jamoamizga oid yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" matbuot xizmati