Yangiliklarga qaytish
Umumiy

BAYRAMGA MARHAMAT!

13-oktabr, 2021·1 min o'qish
IMG_20211013_201242_232

Ertaga Fargʻonada katta futbol bayrami. Muxtasham "Istiqlol" stadionida soat 19:00da muddatidan ilgari Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Fargʻonaning "Neftchi" va Samarqandning "Dinamo" jamoalari navbatdagi tur uchrashuvini oʻtkazadilar. Rasmiy bellashuv oldidan soat 17:00da futbol muxlislari uchun Otabek Muhammadzohid, Hurshid Rasulov, Tohir Mahkamov, soʻz ustasi Elmurod Haqnazarov singari taniqli sanʼatkorlarning diltortar qoʻshiqlari, askiya va xangomalari yangraydi, turli hil koʻngilochar tadbirlar uyushtiriladi. Futbol bellashuvi yakunlangandan soʻng gʻoliblarni Superliga yoʻllanmasi bilan tabriklash, ajoyib zafar quchgan sportchilarni taqdirlash tantanalari oʻtkaziladi. Mazkur oʻyinga kirish bepul etib belgilangan. Barcha futbol ishqibozlari va "Neftchi" muxlislarini futbol bayramiga chorlaymiz! "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar