BARChA FAXRIYLARNI TABRIKLAYMIZ!

BARChA FAXRIYLARNI TABRIKLAYMIZ! "Neftchi" futbol klubi urush maydonlarida jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan jang samaradorligiga oʻz hissalarini qoʻshgan barcha faxriylarimizni 9 may-- Xotira va Qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi bilan chin dildan samimiy muborakbod etadi. Bu qutlugʻ ayyomda urushdan qaytmagan yurtdoshlarimizning xotirasi oldida bosh egib, hurmat bajo keltiramiz.. Bugungi kunda Vatan himoyasi yoʻlida mardonavor xizmat qilayotgan xarbiylarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Fursatdan foydalanib, jamoamiz nomidan aziz va muhtaram yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom izhor etib, 9 may-- Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr, baxt-saodat, sogʻlik-salomatlik tilagan holda, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin deb qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati