Bahodir Ahmedov: "Jamoa yana kuchlilar safiga qaytadi"
Navbatdagi suhbatdoshimiz futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodirjon Ahmedov boʻldi.
Navbatdagi suhbatdoshimiz futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodirjon Ahmedov boʻldi. -- Mamlakatimiz sportning bu turida ham Osiyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Terma jamoamiz mintaqada 3-oʻrinni egallab turibdi. Mohir va mashhur futzalchilarimiz ham anchagina. Biz bu sohada yetakchi oʻringa chiqish uchun yoshlarga koʻproq eʼtibor berishimiz, ularning mahorat va layoqatini tinmay rivojlantirib borishimiz lozim. Oʻzimizdagi va xorijdagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va amalda joriy etishdan charchamasligimiz kerak. Yoshlar hamma sohada yurtimiz kelajagi hisoblanar ekan, bu ishonch futzalda ham mustahkam oʻrin olishi zarur. Birinchi bosqichda 6 ta jamoa oʻz kuchini sinab koʻrdi. Navbat yangi jamoalarga. Oldingi yillarda Fargʻona futzalchilari ham musobaqalarda faol qatnashib, muxlislarda yaxshi taassurot qoldirishar edi. Men istardimki, oʻsha peshqadam jamoa yana kuchlilar safiga qaytadi. "Neftchi" futbol jamoasi xodimlarining bu musobaqalarni oʻtkazishdagi jonbozliklari jamoaning kelajagi futbolda ham, futzalda ham porloq ekanligidan dalolat berib turibdi.
"Neftchi" FK matbuot xizmati