Yangiliklarga qaytish
Umumiy

AZIZ ALIJONOV YoShLAR JAMOASI MURABBIYI!

22-yanvar, 2021·1 min o'qish
IMG_20210122_201542_528

2002-2014 yillar mobaynida "Neftchi" futbol klubi tarkibida oʻzining serqirra va mazmunli oʻyinlari orqali koʻplab muxlislarning mexriga sazovor boʻlgan, futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng esa yoshlarga saboq berib,"Neftchi" futbol maktabida murabbiy boʻlib ishlab kelgan Aziz Alijonov "Neftchi" yoshlar jamoasi murabbiyi etib tayinlandi. Taʼkidlash joizki,Aziz Alijonov qoʻl ostidagi yosh futbolchilar 2004 yilda tugʻilgan boʻlib, oʻtgan 2020 yil mavsumida Oʻzbekiston chempioni hamda Superkubok gʻolibi unvonini qoʻlga kiritishgan. Ertaga boshlanadigan anʼanaviy "Hokim Kubogi - 2021" musobaqasida aynan shu 2004 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar "Neftchi-2" jamoasi sharafini himoya qilishda maydonda kurash olib boradilar. Demak, yangi futbol mavsumida katta ishonch va umid bogʻlagan holda "Neftchi" klubining asosiy tarkibiga munosib yoshlar yetishishini tilab qolamiz. "Neftchi" FK matbuot xizmati

IMG_20210122_201542_529IMG_20210122_195841_025
Ulashish

O'xshash yangiliklar