Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Azamatjon Tolibjonov bilan 3 yillik shartnoma imzolandi

15-dekabr, 2021·1 min o'qish
photo_2021-12-15_13-30-09

Fargʻonaning "Neftchi" jamoasi 2022 yilda Superligada oʻynash huquqini muddatidan ilgari qoʻlga kiritganligini hamma yaxshi biladi. Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonov yangi mavsumga har jihatdan puxta tayyorgarlik bilan borish maqsadida tarkibni yosh, iqtidorli oʻyinchilar bilan mustahkamlash masalalariga jiddiy eʼtibor bermoqda. Bugun yoshlar jamoasida toʻp surgan yarim himoyachi Azamatjon Tolibjonov bilan tuzilgan 3 yillik shartnoma bunga yaqqol dalildir. Bu futbolchi "Neftchi" U-18 tarkibida 21 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 marta ishgʻol qilishdan tashqari, tengdoshlariga golli uzatmalarni amalga oshirishda ham ibrat koʻrsatdi. Shu bois, ming-minglab muxlislar va mutaxassislar nazariga tushdi. Porloq kelajak sari ishonchli qadam tashlayotgan yosh mahorat egasi Superliga uchrashuvlarida yuksak ishonchni oqlab, jamoa oldiga qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishiga munosib hissa qoʻshadi deya, unga omad va zafarlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar