AYoLLAR JAMOAMIZDAN YIRIK GʻALABA!

Urganch shahrida ayollar futboli boʻyicha Birinchi liga musobaqalarining 2-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Muxlisa Otaqoʻzieva murabbiyligidagi "Neftchi-W" jamoasi bugun navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi. Bu safar "Andijon-W" ayollar jamoasini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratishib, ikki tur natijasiga koʻra turnir jadvalida peshqadam boʻlib turishibdi. "Andijon-W"-" Neftchi-W" 0:7 Gollar: Sitora Nishonova 11 (0:1), Gulirano Hasanova 42 (0:2), Muhlisa Qosimova 49 (0:3), Dilnavoz Karimova 54 (0:4), Sitora Nishonova 66 (0:5), Gulirano Hasanova 74 (0:6), Oʻgʻiloy Jumaboeva 80 avtogol (0:7) "Neftchi W": Mavluda Xoʻjaeva, Muhlisa Qosimova, Dilshoda Solieva, Tamanno Abdullaeva, Gulirano Hasanova, Dilnavoz Karimova, Qizlaroy Ibrohimova, Adiba Omonova, Navbahor Mahmudova, Solixa Ismoilova, Sitora Nishonova "Neftchi" matbuot xizmati