AYoLLAR JAMOAMIZDA YIRIK GʻALABA!

Bugun ayollar futbolining Birinchi liga musobaqalarida 9-tur oʻyinlariga start berildi. Termiz shahrida oʻtkazilgan bahsda Muxlisa Otaqoʻzieva boshchiligidagi "Neftchi" W jamoasi mahalliy "Surxon" W klubi bilan uchrashib, yirik 6:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Ayollar jamoamizni quvonchli gʻalaba bilan tabriklaymiz. Ayollar futboli. Birinchi liga. 9-tur. 5 oktyabr, seshanba. Termiz. NEFTChI – SURXON – 6:0 (5:0) Hakamlar: Jahongir Noraliev, Nigora Muhammadieva, Anvar Jumaev Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev Komissar: Alisher Fayziev Gollar: Guliraʼno Hasanova (14, 18, 21, 62), Adiba Omonova (42) - Maʼsuma Rahmatqulova (1-oʻz darv.) " Neftchi ": Mavluda Xoʻjaeva, Muxlisa Qosimova, Dilshoda Solieva, Gulirano Xasanova, Dilnavoz Karimova, Gulsanam Yusupova, Qizlaroy Ibroximova, Adiba Omonova, Solixa Ismoilova, Sitora Nishonova, Gulchexra Azamova Zaxira: Noxida Rajabova, Umida Aleksandrova, Tamanno Abdullaeva, Navruza Latibjonova. " Surxon ": Moʻtabarxon Shomirova, Maxliyo Qurbonmurodova, Dildora Naʼozova, Sanobarxon Bozorova, Xolida Chorieva, Nilufar Jovlieva, Lobar Karimova, Maftuna Xoʻjamurotova, Masuma Raxmatqulova, Lola Xaitmurodova, Marjona Xazratova Zaxira: Fazilat Merganova, Marjona Toʻraeva, Taxmina Abdullaeva, Nigina Xoʻjaqulova. Ogohlantirishlar: Yoʻq – Maʼsuma Rahmatqulova (71), Lobar Karimova (73). " Neftchi " matbuot xizmati