Yangiliklarga qaytish
Umumiy

AYOLLAR JAMOAMIZ DASTLABKI BELLASHUVDA MAGʻLUBIYATGA UCHRADI

20-aprel, 2026·1 min o'qish
IMG_20260420_212502_496

Ayollar o‘rtasida Oliy liga mavsumining ochilish uchrashuvini "Neftchi"W jamoamiz Qirgulidagi "Neftchi Arena" o‘yingohida Navoiyning "Qizilqum"W klubi bilan boshladi. Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida boshlandi. Lekin o‘yin nazorati asta sekinlik bilan navoiylik qizlar tomoniga o‘ta boshladi.Ular faol harakatlanib, 13-daqiqada burchak to‘pini ishlab olishdi. Burchak zarbasi oshirilgach to‘p mehmonlar himoyachisi Xolida Dadaboyevaga kelib tushdi va u boshi bilan darvozamizni ishg‘ol etib, o‘yinda hisobni ochishga erishdi 0:1. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay navoiyliklar navbatdagi burchak to‘piga ega chiqishdi va yana Xolida Dadaboyeva boshi bilan ikkinchi golni kiritib, hisobni oshirdi 0:2. Ketma ket gollardan ruhlangan mehmonlar hujumkorlikni yanada kuchaytirdilar va 34-daqiqada himoyachilarimizdan o‘zib ketgan Baxtishoda To‘xtayeva posbonimiz bilan yakkama yakka vaziyatga chiqib bordi va uchinchi golga mualliflik qildi. Birinchi bo‘limda qizlarimizda ham golli vaziyatlar yuzaga keldi. Lekin bu vaziyatlarda jamoamiz tomonidan yo‘llangan zarbalar darvoza ustuniga tegib qaytdi. Ikkinchi bo‘limni qizlarimiz ancha faol boshlashdi. Ular tomonidan uyushtirilgan ko‘plab hujumlar xavfli tus oldi. Ammo, yakuniy zarbalarga kelganda noaniqlik holatlari yuzaga keldi va bellashuv oxirigacha hisob o‘zgarmadi. AYOLLAR OLIY LIGASI 20 aprel 1-tur Qirguli, "Neftchi Arena" stadioni soat 15:00 "Neftchi"W 0:3 "Qizilqum"W Bosh hakam: Banu Nisanbayeva Yordamchi hakamlar: Manzura Mangetbayeva, Oydinoy Abduvaxobova Zaxira hakami: Shahboz Vahobjonov Nazoratchi: Shuhratbek Xakimov Komissar: Oybek Ikromov Gollar: Xolida Dadaboyeva, 13'(0:1), Xolida Dadaboyeva, 15'(0:2), Baxtishoda To‘xtayeva, 34'(0:3) "Neftchi"W: 99.Nilufar Qurbonaliyeva, 8.Farangiz Allamurodova, 10.Dinora Bazarbayeva (7.Kamola Erkinova,62) 11.Dilnura Amanbayeva, 14.Komila To‘xtasinova, 17.Rayxonoy Karimboyeva, 19.Marjona Xojanova, 22.Lobar Esonova, 23.Gulchexra Azamova, 33.Charos Yuldasheva, 55.Dametken Sarsenbayeva Zaxiradagilar: 4.Madinaxon Mahmudova, 9.Parizoda Nazirova, 25.Xursanoy Tursunboyeva Bosh murabbiy: Muxlisa Otqo‘ziyeva

Ulashish

O'xshash yangiliklar