AYoLLAR FUTBOLI BIRINChI LIGA
26-avgust, 2021·1 min o'qish

Ayollar oʻrtasida Birinchi liga musobaqalarining navbatdagi tur bahslariga Samarqand shahri mezbonlik qiladi. Ertaga Muxlisa Otaqoʻzieva boshchiligidagi ayollar jamoamiz 5-turni mezbon “Dinamo” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Samarqanddagi “Nurafshon” oʻyingohida soat 15:00 da boshlanadi. 29 avgust kuni 6-tur doirasida “Toʻmaris” klubiga qarshi maydonda harakatlanishadi. Mazkur bellashuv soat 08:00 da start oladi. Jamoamiz aʼzolari bugun Samarqand shahriga yoʻl olishadi. Qizlarimizga boʻlajak bahslarda omad va zafarlar tilab qolamiz "Neftchi" matbuot xizmati