Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Ayollar Birinchi ligasi. AGMK-2 chempion, “Neftchi” esa oliy ligada

10-noyabr, 2021·1 min o'qish
photo_2021-11-09_10-11-04

Ayollar futboli boʻyicha mamlakat Birinchi ligasi nihoyasiga yetdi. Xorazmning “Toʻmaris” jamoasini inobatga olmaganda beshta jamoa salkam oʻn kun mobaynida poytaxtdagi “Chigʻatoy” sport bazasida gʻoliblik uchun kurash olib bordi. Liga gʻolibligi va oliy liga yoʻllanmasi taqdiri soʻnggi turda hal boʻldi. AGMK-2 jamoasi “Andijon”ni yirik hisobda magʻlub etib, 35 ochko toʻplagan holda liga peshqadami boʻldi. “Neftchi” ham “Dinamo” jamoasini ikkita toʻp farqida yengdi, biroq ochkolari soni 33 tani tashkil etdi. Musobaqa qoidasiga koʻra AGMK-2 Olmaliqning AGMK bosh jamoasi farm klubi boʻlgani uchun oliy ligadan joy olmaydi, uning oʻrnini musobaqada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa egallaydi. Bu jamoa “Neftchi” boʻldi. Shu tariqa, AGMK-2 Kubokni, “Neftchi” esa oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritganini nishonladi.

Ayollar Birinchi ligasi. 15-tur. 9 noyabr, seshanba. Toshkent. NEFTChI – DINAMO – 3:1 (1:0). 21 tomoshabin. Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova Nazoratchi: Andrey Klepikov Komissar: Qudrat Madraimov Gollar: Navroʻza Latifjonova (1, 73), Guliraʼno Hasanova (53) – Nafosat Jumaqulova (86) Ogohlantirish: Yoʻq -yoʻq. ANDIJON – AGMK-2 – 0:6 (0:2). 31 tomoshabin. Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Aleksandra Konchikova, Kristina Sereda Nazoratchi: Andrey Klepikov Komissar: Vladimir Nazarov Gollar: Ziyoda Omonqulova (10), Asal Aminjonova (28, 54), Sevinch Rahmatullaeva (48), Nilufar Turgʻunboeva (59, 82) Amalga oshirilmagan penalti: Nargiza Mamatalieva (72, AGMK) Ogohlantirish: Yoʻq – Nilufar Turgʻunboeva (41).

Ulashish

O'xshash yangiliklar